09:29 / 01.05.2017
3117

ABC: Avstraliya politsiyasi hukumat uyiga yashirincha kirib olgan kishini qo‘lga oldi

Foto: AP

Avstraliyaning Viktoriya shtati politsiyasi Melburn shahridagi hukumat uyiga xavfsizlik kuchlari postlariga qaramay, yashirincha kirishning uddasidan chiqqan kishini qo‘lga oldi. ABC telekompaniyasining xabar berishicha, u binoning tomida ushlangan. 

Huquqni himoya qilish organlari vakilining so‘zlariga ko‘ra, ushlangan shaxs tibbiy ko‘rikka yuborilgan. Shu bilan birga, u xavfsizlik postlaridan qanday qilib o‘tib ketganini va nima maqsadda shunday yo‘l tutganini ma'lum qilishdan bosh tortgan. 

Melburndagi hukumat uyi Viktoriya gubernatori qarorgohi ham hisoblanadi. Gubernator Britaniya taxtining Avstraliya shtatidagi vakilidir. Ayni vaqtda Viktoriya gubernatori Linda Dessau Indoneziyada bo‘lib turibdi.

Mavzuga oid
Top