12:46 / 01.05.2017
9027

MRB direktori kutilmaganda Janubiy Koreyaga keldi

Foto: AP

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Maykl Pompeo Koreya respublikasiga norasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda Yonhap agentligi hukumatdagi manbalariga tayangan holda xabar qilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Pompeo 2 maygacha Seulda bo‘ladi. MRB direktorining safaridan ko‘zlangan maqsad, ikki davlatning KXDR harakatlariga nisbatan yondashuvlarini muvofiqlashtirishdir. Agentlikning xabar qilishicha, u allaqachon janubiy koreyalik mulozimlar va Koreya milliy razvedka agentligi rahbari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazgan. Pompeo 9 may kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari prezidentlik saylovidagi yetakchi nomzodlar bilan uchrashuv o‘tkazganiga oydinlik kiritilmagan. 

Top