23:26 / 01.05.2017
11274

Tramp Shimoliy Koreya rahbari bilan uchrashishga tayyorligini aytdi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan uchrashishi mumkinligini aytdi.

"Agar u bilan uchrashish joiz bo‘lsa, unda u bilan uchrashardim", deb aytdi Tramp Bloomberg axborot agentligiga bergan intervyusida. 

Koreya yarimorolidagi vaziyat Shimoliy Koreya bir qator raketalar uchirgani va yadroviy sinov o‘tkazgani haqidagi gaplardan keyin taranglashdi. AQSh Shimoliy Koreyaga qarshi jangovar harakatlar sodir etishi mumkinligini aytgan, biroq shunga qaramay, Pxenyanga sanksiyalar orqali iqtisodiy bosim o‘tkazishga e'tiborini qaratgan.

Koreya yarimorolini yadroviy qurolsizlantirish bo‘yicha Rossiya, Shimoliy Koreya, Janubiy Koreya, AQSh, Xitoy va Yaponiya diplomatlari ishtirokidagi 6 tomonlama muzokaralar 2003 yildan beri olib boriladi, biroq 2008 yilda "boshi berk ko‘chaga" kirib qolgan. AQSh Pxenyanga nisbatan "toqati tugagani"ni aytmoqda.

O‘tgan hafta Shimoliy Koreya navbatdagi ballistik raketani uchirdi. AQShda ushbu raketa KN-17 rusumidagi, o‘rta masofalarga mo‘ljallangan raketa ekanligi taxmin qilingan.

Mavzuga oid
Top