08:33 / 01.05.2017
5217

Tramp Singapur va Tailand bosh vazirlari bilan Shimoliy Koreyani muhokama qildi

Foto: Reuters/Jonathan Ernst

AQSh prezidenti Donald Tramp Singapur va Tailand bosh vazirlari Li Syan Lun va Prayut Chan-Ocha bilan telefon muloqoti davomida Shimoliy Koreya o‘z yadroviy dasturini rivojlantirishi orqali solayotgan xavfni muhokama qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.  

Ma'lum qilinishicha, tomonlar Shimoliy Koreyaga "siyosiy va iqtisodiy bosim o‘tkazish usullarini" muhokama qilishgan. Tramp, shuningdek, suhbatdoshlarini Vashingtonga kelishga taklif qilgan.   

29 aprelda Shimoliy Koreya navbatdagi marotaba ballistik raketa sinovini o‘tkazdi. Taxmin qilinishicha, sinov muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Raketa 40 km chamasi uchib, Yapon dengiziga qulagan. 

Keyinroq Tramp Shimoliy Koreya yangi yadroviy sinov o‘tkazadigan bo‘lsa, "bundan xursand bo‘lmasligini" va AQSh bunga harbiy javob berishi mumkinligini aytgan.

Mavzuga oid
Top