16:21 / 01.05.2017
55157

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi o‘sishda davom etdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 2 maydan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3734 so‘mu 91 tiyin etib belgilandi. Bu 24 apreldagi kursga nisbatan 27 so‘mga ko‘p.

Shuningdek, 1 yevro qiymati 4075 so‘mu 98 tiyinga yetgan.

1 AQSh dollari         3734,91

1 Yevro                       4075,98

1 Rossiya rubli         65,54

1 Funt sterlingi     4822,51

10 Yaponiya iyenasi    334,58

1 Islandiya kronasi  35,20

10 Von                        32,85

1 Kuvayt dinori        12282,65

100 Livan funti        247,89

1 Malayziya ringgiti  860,78

1 Norvegiya kronasi    435,38

1 Xitoy yuani              542,08

1 Singapur dollari    2673,33

1 Shvetsiya kronasi       421,98

1 Shveytsariya franki  3750,29

1 BAA dirhami            1016,88

1 Misr funti               206,46

1 Daniya kronasi           547,16

1 Avstraliya dollari   2794,46

1 Turkiya lirasi           1050,73

1 SDR                           5120,63

1 Kanada dollari       2731,79

1 Ukraina grivnasi    140,62

1 Polsha zlotiysi    962,63

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Top