19:13 / 01.05.2017
7237

O‘zbekistonlik bortkuzatuvchilar xalqaro tanlovda g‘alaba qozonishdi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKning bortkuzatuvchilar jamoasi Moskvadagi «Sky Service –2017» nufuzli professional tanlovi g‘oliblariga aylanishdi. Bu haqda Kun.uz'ga MAK axborot xizmati xabar berdi.

Tanlovda 21 aviakompaniyadan bo‘lgan bortkuzatuvchilar ishtirok etdi, ular uchun ISPY noyob ixtisoslashtirilgan texnologiyasi bo‘yicha o‘quv treninglari, SKYSHOP katalogida taqdim etilgan brend savdo markalari vakillaridan usta-darslari tashkil etildi. SkyService-2017 maydoni ma'lum bir mavzularga bo‘lib chiqildi: ko‘rgazma, anjuman, seminarlar va taqdimotlar.

Har bir 4ta treninglar yakuni bo‘yicha uchta finalchi tanlab olindi, ularga sovrinlar topshirildi. Elvina Kaybulayeva, Natalya Kim, Regina Aynutdinova va Shahnoza Rasuleva bo‘lgan O‘zbekiston jamoasi «Sotuvlarni yo‘lovchilarni xabardor etish orqali oshirish» yo‘nalishida g‘olib chiqdi. 

Eslatib o‘tamiz, «SkyService» - xalqaro darajadagi katta tadbir bo‘lib, u havo kemalari bortlarida servis va xizmatlarni rivojlantirishga bag‘ishlangan.

Top