16:52 / 01.05.2017
6174

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar jahon chempionatida 3ta oltin medal oldi

Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi

Standart shaxmat bo‘yicha 2017 yilgi maktab o‘quvchilari orasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston vakillari 3ta oltin medalga ega bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar bergan. 

Standart shaxmat bo‘yicha musobaqalarda Nodirbek Yoqubboyev (7,5 yakuniy ochko va 15 yoshgacha bo‘lganlar orasida mutlaq birinchi o‘rin), Afruza Hamdamova (7,5 ochko va 9 yoshgacha bo‘lganlar orasida mutlaq birinchi o‘rin) va Begmuratov Humoyun (8,5 ochko va 7 yoshgacha bo‘lganlar orasida mutlaq birinchi o‘rin).

Bundan tashqari, Afruza Hamdamova va Alixon Avazxonov blits shaxmat bo‘yicha mos ravishda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallashgan. Umumjamoa hisobida O‘zbekiston vakillari ikkinchi o‘rinni egallagan (Turnir peshqadami Mo‘g‘iliston vakillari bo‘lishdi, uchinchi o‘rinni Turkiya egalladi). 

Turnirning yakuniy turi 30 aprel kuni Ruminiyaning Yassi shahrida o‘tkazildi.

Mavzuga oid
Top