19:07 / 02.05.2017
4764

Yaponiyalik keksa ayol mashinasi bilan shifoxona ichiga kirib ketdi

Foto: Vesti.ru

Yaponiyaning Oita shahrida 70 yoshlar atrofidagi keksa ayol boshqaruvidagi yengil avtomobil shifoxonaning kirish eshiklarini buzib, 20 metrlar ichkariga kirib ketdi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda. 

Buning oqibatida 13 kishi turli darajada jarohat olgan, ayol haydovchi ham shular jumlasidan. Umuman, xabarlarga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan vaqtda shifoxona birinchi qavatida 50 nafarga yaqin kishi bo‘lgan. 

Politsiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, avtomobilda haydovchining imkoniyati cheklanganini anglatuvchi belgi bo‘lgan. 

Top