23:24 / 02.05.2017
7944

Xitoyda ko‘p qavatli uy odamlar uchun xavfli tarzda buzildi

Xitoyning Chuanchjou shahrida quruvchilar avtomobil yo‘li va piyodalar yo‘lakchasi  yonginasida joylashgan 12 qavatli binoni odamlar uchun xavfli tarzda buzdilar. Bino buzilishi yaqin oradagi odamlar va haydovchilarni qo‘rqitib yubordi. Ushbu holat tasvirlangan video Avstraliyaning 9News kanali e'tiborini jalb qildi

Xitoylik mas'ullarning aytishlaricha, ular bino buzilishidan odamlarni ogoh etganlar: hududda harakat to‘xtatilgan va davlat muassasalari yopib turilgan.

55 metrlik bino portlovchi qurilmalarsiz, uning har qavatidagi sinchini sekin-asta zaiflashtirish yordamida buzildi. Binodan bo‘shatilgan joyda temir yo‘l stansiyasi qurish rejalashtirilgan.     

Top