10:34 / 02.05.2017
75092

Singapur menejmentni rivojlantirish institutiga kirish uchun yangi imtihon qo‘shildi

Foto: Kun.uz

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti ochilgan davrdan buyon bu yerga kirish imtihoni ingliz tilidan topshirilar, shuningdek, muayyan ballni to‘plagan IELTS sertifikatiga ega abituriyentlar kirish huquqiga ega hisoblanar edi. 

Yangi 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab esa kirish imtihoni qatoriga Matematika fani qo‘shildi. Bu haqida Kun muxbiriga oliygoh xodimasi xabar beradi. 

Matematika fanidan imtihon test topshiriqlari sifatida joriy qilingan bo‘lib, test savollari 25tani tashkil etadi. Savollar O‘zbekiston Respublikasining barcha akademik litseylari va o‘rta-maxsus kasb-hunar kollejlari uchun tuzilgan o‘quv dasturiga muvofiq ravishda tuzilgan. Matematika fani uchun abituriyentlarga 1 soat 20 daqiqa vaqt ajratiladi.

Ma’lumot o‘rnida: 2007 yil yanvarda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov Singapur Respublikasi Prezidenti S. Nathan taklifiga binoan Singapurga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston – Singapur davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik va dolzarb xalqaro muammolar xususida suhbatda mazkur dargohning ochilishiga tamal toshi qo‘yilgan.

Top