18:07 / 02.05.2017
9158

Toshkent-Ostona yo‘nalishida poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

2017 yilning iyun oyidan Toshkent-Ostona yo‘nalishidagi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Hozirda buning uchun kerakli barcha hujjatlar imzolangan. Bu haqida 2 may kuni Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ bosh muhandisi Husniddin Hosilov ma'lum qildi.

Bugungi kunda yurtimizda Toshkent-Olmaota yo‘nalishidagi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bunda Qozog‘iston tomonning "Tulpor-Talgo" poyezdlari xizmat ko‘rsatadi. Yangi, ya'ni Toshkent-Ostona yo‘nalishi bo‘yicha esa O‘zbekiston tomonning poyezdlari qatnashi ma'lum qilindi. 

Ta'kidlash joizki, Toshkent-Olmaota yo‘nalishida qatnovchi poyezdlar narxi - 90 000-220 000 so‘mni tashkil qiladi. 

Top