22:16 / 03.05.2017
6612

AQShda jip haydovchisi odamlarni bosib ketishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Foto:Screengrab CBS Boston

AQShning Massachusets shtatida o‘tayotgan avtomobil auksionida jip haydovchisi mashinasida odamlarni bosib ketdi. Buning oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi jarohat olgan, deb xabar bermoqda mahalliy NECN telekanali.   

Guvohlarning aytishicha, Jeep Cherokee rusumidagi avtomobil rulida keksa erkak o‘tirgan. U boshqaruvni qo‘ldan chiqarib, Billarika shahrida o‘tayotgan auksionga tashrif buyurganlarni bosib ketib, so‘ng devorga urilib to‘xtagan.

Mahalliy shifoxona vakilining ma'lum qilishicha, voqea joyidan 6 kishi shifoxonaga olib ketilgan, ulardan ko‘pchiligi yomon ahvolda. 

Guvohlarning ta'kidlashlaricha, qariyaning harakatlarida g‘arazlik bo‘lmagan.  

Top