“O‘zbekiston” sport majmuasida Boks bo‘yicha Osiyo chempionati chorak final bahslari davom etmoqda. Ayni vaqtda 46-49 kg vazn toifasidagi bokschilar yarim final yo‘llanmalari uchun kurashmoqda.
Shu paytga qadar ushbu vazn toifasining birinchi ikki juftligi o‘zaro hisob-kitob qilib olishdi.
Shunday qilib, o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘smatov hindistonlik Amitga qarshi final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Hasanboy chorak finalda qozog‘istonlik Yerjon Jo‘martni mag‘lub etgan edi.