07:39 / 03.05.2017
10339

Buyuk Britaniya parlamenti tarqatib yuborildi

Foto: vesti.ru

3 may kuniga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan soat 00:01da Buyuk Britaniya parlamenti muddatdan avvalgi saylovlar arafasida o‘z ishini to‘xtatdi. Qonunchilikka ko‘ra, parlament saylovlarga 25 ish kuni qolganda tarqatib yuborilishi kerak. Saylovlar o‘tkazilishi 8 iyunga belgilangan. Bu haqda Sky News nashri xabar bermoqda. 

Ta'kidlanishicha, parlament a'zolari parlament tarqatilgandan keyin oddiy fuqarolarga aylanadilar.   

3 may kuni mamlakat bosh vaziri Tereza Mey parlament tarqatilgani haqida qirolicha  Yelizaveta II’ga xabar beradi va saylovlar jarayoni boshlanganini e'lon qiladi. 

Aynan Mey 8 iyunda saylovlar o‘tkazishni taklif qilgan. Parlament bu taklifni qo‘llab-quvvatlagan. Mey parlament tarqatilishini Brexit’dan keyin Britaniyaga barqarorlik va aniqlik kerakligi bilan tushuntirgan.

Ma'lum qilinishicha, 2011 yildan boshlab bosh vazir parlamentni qirolicha roziligisiz ham tarqatish huquqiga ega, shuning uchun Meyning Bukingem saroyiga bu masala bo‘yicha tashrifi shunchaki rasmiyatchilikdan iborat bo‘ladi.  

Parlamentga saylovlar rejalashtirilgan muddatdan 3 yil avval bo‘lib o‘tadi. 

Mavzuga oid
Top