11:14 / 03.05.2017
7217

Kobul markazida NATO kolonnasiga hujum qilindi

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida kuchli portlash ro‘y berdi. Bu haqda TOLOnews telekanalida xabar berilgan.

Ma'lum qilinishicha, terakt xudkush terrorchi tomonidan sodir etilgan. Bundan tashqari, bu portlash NATO tarkibidagi xorijiy harbiylar kolonnasi ushbu hududdan o‘tayotganida ro‘y bergan. Aynan ular portlash nishoni bo‘lishgan edi. 

Reuters agentligi Afg‘oniston IIVga asoslanib bergan ma'lumotiga ko‘ra, portlash oqibatida tinch aholi vakillaridan 8 kishi halok bo‘lgan, 25 kishi jarohatlangan.

Portlash hududida AQSh elchixonasi ham joylashgan.

Mavzuga oid
Top