16:08 / 03.05.2017
5524

Microsoft MacBook raqobatchisini taqdim etdi

Foto: Mashable

Microsoft o‘zining yangi noutbuki The Surface Laptop’ni taqdim etdi. U Apple kompaniyasining MacBook’iga jiddiy raqobatchi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Mashable xabar berdi.

The Surface Laptop o‘quvchilar va talabalar uchun maxsus yaratildi, biroq ko‘plab vazifalarni bajarishi mumkin bo‘lgan yaxshi kompyuterdir. U dunyodagi eng ingichka noutbuk bo‘lmasa ham, 1,25 kg. keluvchi og‘irligi tufayli uni sumkada olib yurish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmaydi hamda bunda yelkalarga katta bosim tushmaydi.

Foto: Mashable

Yangi noutbukda Windows 10 S dasturiy ta'minoti o‘rnatilgan. Displey hajmi 13,5 dyuymni tashkil etgan bo‘lsa, kengligi - 2256 x 1504’ga teng.

Foto: Mashable

Rasman The Surface Laptop 2017 yilning 15 iyunidan sotila boshlanadi. Boshlang‘ich funksiyalarga ega bunday kompyuter 999 AQSh dollari turadi.

Mavzuga oid
Top