“O‘zbekiston” sport majmuasida Boks bo‘yicha Osiyo chempionati chorak final bahslari poyoniga yeta boshladi. 81 kg va +91 kg vazn toifasidagi bokschilarning janglari tugashi bilan barcha yarim finalchilar ma'lum bo‘ladi.
Kun.uz sayti esa ushbu boks musobaqasini tezkorlik bilan yoritishda davom etadi. Hozirda, 69 kg vazn toifasidagi barcha yarim final ishtirokchilari ham aniq bo‘lib ulgurdi. Bular quyidagilar:
Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) – Sajjad Kozimzodaposhtri (Eron)
Tuvshinbat Vyamba (Mo‘g‘uliston) – Abloixon Jussupov (Qozog‘iston)