17:23 / 04.05.2017
7733

2017 yilning so‘nggi 3 oyi davomida qidiruvdagi necha nafar jinoyatchi qo‘lga olingani ma'lum

Foto: Fotolia

Bugungi kunda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish hamda aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush sharoitini tizimli ravishda o‘rganish maqsadida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida tashkil etib kelinayotgan tadbirlarda pasport tizimi qoidalarii buzish, noqonuniy o‘q otar qurolar va norkotik vositalarni saqlash holatlari aniqlanmoqda.

IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, mazkur yo‘nalishda ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning oxirgi uch oyi davomida 100 mingdan ortiq shaxs ma'muriy javobgarlikka tortildi, 300 dan ortiq qidiruvdagi jinoyatchilar qo‘lga olindi. Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbiri sifatida 160 mingdan ortiq profilaktika suhbatlar o‘tkazildi.

Asosiy e'tibor, voyaga yetmaganlar va yoshlar tarbiyasiga qaratilib, o‘quvchi va talabalarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularning ta'lim muassasalaridagi davomatini ta'minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida, mart oyida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning darajasi 2 foizga, yoshlar o‘rtasida 2,4 foizga, shu jumladan kollej va litsey o‘quvchilari o‘rtasida 10,9 foizga, oliy ta'lim muassasalarida 39,5 foizga kamaydi.

Qayd etish kerakki, huquqbuzarliklarga murosasizlik madaniyatini shakllantirish, huquqiy nigilizmga barham berish va fuqarolarning qonunga itoatkorlik xulq-atvorini ommalashtirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim o‘rin egallaydi. Shu bilan birga, mazkur jarayonlarning samarali amalga oshirilishi, birinchi navbatda jamiyatning har bir a'zosi davlat kelajagiga befarq bo‘lmasligi lozim.

Top