08:09 / 04.05.2017
5198

Erondagi shaxta portlashida halok bo‘lganlar soni 35 nafarga yetdi

Foto: yemenakhbar.com

Eronning Guliston viloyatidagi ko‘mir shaxtasida metan gazining portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 35 nafarga yetdi. Bu haqda mahalliy OAVlarga iqtibos keltirgan holda "Frans Press" axborot agentligi xabar berdi

Avvalroq 21 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. 

Ozodshahr yaqinidagi ko‘mir shaxtasida portlash 3 may kunduzi yuz berdi. Fars axborot agentligining ma'lum qilishicha, portlash vaqtida shaxtada 500 kishi bo‘lgan. Portlash ishchilar smena almashayotganda sodir bo‘lgan. Avvalroq Eron tez tibbiy yordami boshlig‘i Pir Husayn Qulivand vayronalar ostida kamida 90 kishi borligini ma'lum qilgandi. 

Eron mehnat vaziri Ali Robiyning Tasnim axborot agentligiga ma'lum qilishicha, portlash oqibatida 35 konchi halok bo‘lgan. Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra 30 dan ko‘proq odam jarohat olgan va shifoxonalarga yetkazilgan. Avvalroq 69 kishi jarohatlangani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top