12:04 / 04.05.2017
30334

GM Uzbekistan: shartnoma muddati bajarilmasa ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling

GM Uzbekistan

GM Uzbekistan matbuot xizmatining xabar qilishicha, avtomobilni yetkazib berish muddati xaridor va diler o‘rtasida tuzilgan shartnomaning 3.1-bandiga asosan belgilanadi.

Shunga ko‘ra, kompaniya xaridorlarni shartnomani imzolashdan avval undagi shartlarni diqqat bilan o‘rganib chiqish hamda shartnomada ko‘rsatilgan to‘lov usuli, avtomobilni yetkazib berish muddati, tomonlarning huquq va burchlariga diqqat qilishga chaqiradi.

Shartnomada ko‘rsatilgan muddatlar, tasdiqlangan ishlab chiqarish rejasiga va chet eldan keltiriladigan butlovchi qismlar yetkazilish muddatlariga asoslanadi. Shuningdek, ko‘p holatlarda avtomobilni yetkazib berish shartnomada ko‘rsatilgan muddatlardan avvalroq amalga oshirilishini qayd etib o‘tish lozim.

Tuzilgan shartnomaga asosan avtomobillarni yetkazib berish muddati buzilgan holatlarda, xaridor GM Uzbekistan AJning mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati (Call center) 141-77-77 telefon raqamiga yoki kompaniyaning 147-14-14 ishonch telefoniga o‘zini qiziqtirgan ma'lumotlarni olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘ng‘iroq qilish huquqiga ega.

Mavzuga oid
Top