21:20 / 04.05.2017
6912

Grizmann «MYu» bilan 5 yillik shartnoma tuzishga rozi bo‘lgan

«Manchester Yunayted» rahbariyati «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann bilan 5 yillik shartnoma tuzish bo‘yicha kelishib olgan. The Sun tarqatgan xabarga ko‘ra, fransiyalik futbolchi haftasiga 280 ming funt miqdorida maosh to‘lashni nazarda tutuvchi shartnomaga rozilik bildirgan.

Manbaning xabar berishicha, Grizmann  «MYu» rahbariyati klubni kuchaytirishga jiddiy va'da qilganidan keyin rozi bo‘lgan. U jamoa bilan Chempionlar ligasida ishtirok etishni istamoqda.

Grizmanning «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi muddati 2021 yilgacha, futbolchi uchun badal puli sifatida 89 mln funt belgilangan.

Joriy mavsumda hujumchi madridliklar klubi safida 49 uchrashuvda maydonga tushib, 25 gol urgan va 11 golga uzatma bergan.

Top