14:59 / 04.05.2017
8917

Xalqaro basketbol federatsiyasi ayollarga hijob kiygan holda o‘ynashga ruxsat berdi

Foto: Getty Images

Xalqaro basketbol federatsiyasi (FIBA) sportchi ayollar tashqi qiyofasiga oid qoidalarni o‘zgartirdi va musobaqalarda hijobda ishtirok etishga ruxsat berdi.

"Bi-bi-si" tarqatgan xabarga ko‘ra, yangi qoidalar tasdiqlanib bo‘lgan va 1 oktabrdan kuchga kiradi.

"Yangi qoida qabul qilindi, sababi ba'zi davlatlardagi an'anaviy dress-kodlar boshni yopib yurishni talab qiladi, bu avvalgi qoidalarga mos emasdi", - deyiladi FIBA bayonotida.

Bu masala bo‘yicha eng yirik mojaro 2014 yilda yuz bergandi. O‘shanda Qatar ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishdan bosh tortgan, sababi ularga hijoblarda o‘ynashga ruxsat berishmagan.

Avvalroq, Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) diniy sabablarga ko‘ra ayollarga boshini yopgan holda o‘ynashga ruxsat berdi.

 

Top