01:40 / 04.05.2017
18995

Higuain va Alvesh "Yuventus"ni YeChL finaliga yaqinlashtirdi

Yevropa chempionlar ligasining yarim finalidan o‘rin olgan ikkinchi uchrashuv ham yakunlandi. Unda "Monako" Turinning "Yuventus" klubini qabul qildi.

Uchrashuvning 29-daqiqasiga kelib Gonsalo Higuain hisobni ochdi. Dani Alveshning tovoni bilan yetkazib berilgan zargarona to‘pini darvozaga joylab qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda yana o‘sha Alveshning ajoyib uzatmasini Higuain darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi va natijada mehmonlar ishonchli g‘alabaga erishdi.

Ushbu g‘alaba "Yuventus"ga javob uchrashuvi oldidan katta ishonch bag‘ishladi va jamoa final sari muhim qadam tashladi. Javob uchrashuvi 9 may kuni Turinda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, yarim finalning yana bir uchrashuvida "Real" Madridning boshqa bir jamoasi "Atletiko"ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

Yevropa chempionlar ligasi, 1/2 final

Monako – Yuventus 0:2 (0:1).
Gollar:
Higuain (29, 59).

Monako – Subashich, Glik, Sidibe, Fabino, Jyemerson, Bakayoko (Moutinyu, 67), Bernardu Silva (Ture, 81), Lemar (Jyermen, 67), Dirar, Mbappe, Falkao.
Yuventus – Buffon, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Bardzali, Pyanich (Lemina, 89), Markizio (Rinkon, 81), Dani Alves, Mandjukich, Higuain (Kuadrado, 77), Dibala.
Ogohlantirishlar: Bonuchchi (21), Fabino (37), Markizio (58), Kellini (69).

Mavzuga oid
Top