09:36 / 04.05.2017
6344

Pekinda havo ifloslanish darajasi xavfsiz ko‘rsatkichdan keskin oshib ketdi

Foto: AFP 2017 / Wang Zhao

Xitoy poytaxtida payshanba kuni havoning PM2.5 zararli zarrachalari bilan ifloslanish darajasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan belgilab berilgan xavfsiz ko‘rsatkichdan 21 barobarga oshib ketdi. Bundan XXR atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi ma'lumotlari darak bermoqda.

Sog‘liq uchun asosiy xavfni hajmi 2,5 mikrondan kichik bo‘lgan PM2.5 zarrachalari keltirib chiqaradi, ular tuman kabi ko‘rinish hosil qiladi va inson o‘pkalariga kirib borishi hamda bo‘g‘ilish va boshqa jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan xavfsiz ko‘rsatkich esa bir kub metrga 25 mikrogrammni tashkil etadi.

XXR atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, Pekinda mahalliy vaqt bilan soat 9.05 (Toshkent vaqti bilan 6.05)da PM2.5 zararli zarralar konsentratsiyasi bir kub metrga 533 migrogrammni tashkil qilgan.

Avvalroq XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan Butunxitoy xalq vakillari yig‘ilishi sessiyasining ochilish marosimida hukumat joriy yilda havo ifloslanishi bilan kurash bo‘yicha qaror choralar ko‘rishi va “Xitoyga musaffo osmonni qaytarishi” haqida ma'lum qilgandi.

Top