13:08 / 04.05.2017
83243

Ruslan Chagayev O‘zbekistonga keldi

Foto: Instagram/MMA_Uzbekistan

Professional boks bo‘yicha superog‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Olamsport.com xabar tarqatdi.

Hamyurtimizning ayni paytda nima maqsadda Toshkentga tashrif buyurgani noma'lum. Instagramdagi MMA_Uzbekistan sahifasi bokschining O‘zbekistonda olingan suratini joylashtirgan.

Shuningdek, u Toshkent shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatiga ham tashrif buyurdi. 

Foto: Olamsport.com

Xabarda aytilishicha, ayni paytda u o‘zi tug‘ilib o‘sgan Andijon shahrida bo‘lib turibdi.

Mavzuga oid
Top