23:45 / 04.05.2017
14433

Tojikistonda navbatdagi zilzila qayd etildi

Foto: AP Photo / Alexander Zemlianichenko

4 may kuni Tojikistonda Toshkentdan 260 km uzoqlikda 5,2 magnitudali takroriy zilzila yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston FVV saytida ma'lum qilindi. 

"Toshkent" seysmostansiyasida 4 may kuni soat 16.10dagi ma'lumotga ko‘ra takroriy zilzila (aftershok) qayd qilindi, uning markazi Toshkentdan 260 km uzoqlikda, Tojikiston hududida bo‘lgan", deb aytildi xabarda. Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, Farg‘ona, Andijon, Namangan va Toshkentdagi zilzila kuchi 2 ballni tashkil qilgan. Vayronalar va jabrlanganlar haqida xabar kelib tushmagan.    

Tojikistonda 4 may kuni soat 01.30da 5 magnitudali zilzila yuz bergandi. Uning markazi Dushanbedan 263 km uzoqlikda bo‘lgan. 3 may kuni esa Tojikistonda 2 ta zilzila qayd qilingandi. Zilzila markazi Dushanbedan 265 km uzoqlikda, Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida bo‘lgan. Bu zilzilalar oqibatida Tojikistonda 2 ta uy shikastlangan. Qirg‘izistonda esa talofatlar ko‘proq bo‘lgan: uy-joylar, maktab va shifoxonalar binolariga shikast yetgan, bir kishi jarohat olgan.

Mavzuga oid
Top