8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

19:06 / 04.05.2017 5499

Ukraina prokurori Yanukovich uchun umrbod qamoq jazosini talab qildi

Foto: ria.ru

Ayblov tomoni sudda Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichga davlatga xiyonat ishi bo‘yicha oliy jazo – umrbod qamoq jazosini talab qiladi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Bu haqda prokuror Viktor Kravchenko brifingda ma'lum qildi.

«Eng oliy jazo – bu umrbod qamoqdir. Ayblanuvchi va gumonlanuvchi Yanukovich sudga qadar tergov vaqtida o‘z aybini tan olmagani tufayli, ayblov tomoni faqatgina oliy jazoni talab qiladi», - dedi Kravchenko.

Avvalroq Kiyev shahrining Obolon tuman sudi Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichga davlatga xiyonat ishi bo‘yicha dastlabki yig‘ilishda videoaloqa rejimida ishtirok etishga ruxsat berdi.

Top