15:18 / 04.05.2017
8256

O‘zbekiston FIFA reytingida o‘z o‘rnini saqlab qoldi

Foto: The-uff.com

FIFA 2017 yilning may oyi uchun terma jamoalarning yangi reytingini e'lon qildi. Reyting tashkilot rasmiy saytida berilgan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 586 ochko bilan o‘tgan oydagi 60-o‘rnini saqlab qoldi. Osiyo mintaqasi bo‘yicha ham terma jamoa 6-o‘rinda qoldi.

OFKda O‘zbekiston terma jamoasidan oldingi o‘rinlarda Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya va Saudiya Arabistoni termalari bormoqda.

Reytingning yuqori qismida ham o‘zgarish yuz bermadi. 

FIFA reytingi top-10 va OFK kuchli oltiligi bilan quyida tanishib olishingiz mumkin.

1 (1). Braziliya – 1672 ochko
2 (2). Argentina – 1603
3 (3). Germaniya – 1464
4 (4). Chili – 1411
5 (5). Kolumbiya – 1348
6 (6). Fransiya – 1294
7 (7). Belgiya – 1281
8 (8). Portugaliya – 1259
9 (9). Shveytsariya – 1212
10 (10). Ispaniya – 1204
...
28 (28). Eron – 820
43 (43). Janubiy Koreya – 700
44 (44). Yaponiya – 685
50 (50). Avstraliya – 661
52 (52). Saudiya Arabistoni – 646
60 (60). O‘zbekiston - 586.

Top