08:09 / 05.05.2017
4584

AQSh aholisi mashinalar qo‘llangan holda teraktlar sodir etilishi mumkinligidan ogohlantirildi

Foto: ©REUTERS/Eric Gaillard

AQShning transport xavfsizligi ma'muriyati terrorchilar transport vositalaridan foydalangan holda teraktlar sodir etishlari mumkinligidan ogohlantirdi. Tashkilot o‘tgan yil Nitstsada yuk mashinasi yordamida sodir etilgan teraktni bunga misol tariqasida keltirib o‘tdi. O‘sha hujumda 86 kishi halok bo‘lgandi.

Tashkilot bunday hujumlarni "murakkab bo‘lmagan" deb ta'riflamoqda, chunki ularni tayyorlash uchun minimal tayyorgarlik talab etiladi. Ta'kidlanishicha, Yevropadagi hujumlar kabi ssenariy bo‘yicha harakat qilmoqchi bo‘lgan terrorchilar katta miqdorda odamlar to‘planadigan tadbirlarni "nishonga olishi mumkin". 

Hisobotda keltirilishicha, 2014 yildan 2017 yilgacha terrorchilar transport vositalari qo‘llagan holda 17 ta hujum amalga oshirgan. Bu hujumlar oqibatida 173 kishi halok bo‘lgan, 667 kishi jarohat olgan.

Yevropada o‘tgan yarim yil ichida transport vositasi qo‘llangan holda bir nechta terakt sodir etildi. Jumladan, London va Stokholmdagi hujumlarda 4 nafardan odam, Berlinda esa 12 nafar odam halok bo‘lgan. Bunday turdagi hujumlardan eng "qonlisi" o‘tgan yoz Nitstsada sodir etilgan terakt hisoblanadi: o‘shanda 86 kishi halok bo‘lgan, 434 kishi jarohat olgandi.

Mavzuga oid
Top