19:35 / 05.05.2017
6091

AQShda ishsizlik darajasi 10 yil avvalgi ko‘rsatkichgacha pasaydi

Foto: Getty Images

2017 yil aprelda AQShda ishsizlik darajasi 4,4 foizgacha pasaydi, bu esa 2007 yil may oyidan eng past ko‘rsatkich hisoblanadi, deb xabar bermoqda CNBC telekanali.

Ta'kidlanishicha, qishloq xo‘jaligidan bo‘lak sohalarda ishlovchi amerikaliklar soni 211 ming kishiga ko‘paygan. 

Shu bilan birga maosh bir soatiga 7 sentga oshgan, ya'ni yillik 2,5 foiz ko‘rsatkichga yetgan.

Bandlikning aholi soniga nisbati 60,2 foizgacha oshgan, bu esa 2017 yildagi eng yaxshi va 2009 yil fevralidan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Top