15:42 / 05.05.2017
12545

Yana bir o‘zbek bokschisi finalga chiqdi

“O‘zbekiston” sport majmuasida Boks bo‘yicha Osiyo chempionati chorak final bahslari davom etmoqda.60 kg.gacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida kechgan jangda o‘zbekistonlik Elnur Abduraimov Xitoy vakili Shan Junga qarshi ringga chiqib, hakamlar ovoziga ko‘ra g‘alaba qozondi. 

O‘zbekistonlik bokschi finalda Mo‘g‘uliston vakili Dorjnyambuu Otgondalayni yenggan hindistonlik Tsapa Shivaga qarshi jangga chiqadi. 

Top