22:10 / 05.05.2017
4285

Avstriya o‘z hududida Turkiyaning o‘lim jazosiga doir referendumini o‘tkazishni taqiqlaydi

Foto:news.am

Avstriya turk hukumati istagan taqdirda ham, o‘z hududida o‘lim jazosiga doir referendumni o‘tkazishni taqiqlaydi.  Bu haqda Avstriya TIV rahbari Sebastyan Kurts ma'lum qildi. 

"Qonunchilikka muvofiq, xalqaro huquq doirasida buning imkoni bor, bu davlatga uning hududiy suvereniteti asosida xorijiy referendum o‘tkazishni taqiqlash imkonini beradi", - dedi Avstriya matbuot agentligi vaziri. 

"O‘lim jazosining reja asosida kiritilishi bunday qadam uchun asosli hisoblanadi", - qo‘shimcha qildi Kurts. 

Bugungi kunda Avstriyada taxminan 273 ming turkiyalik yashaydi, ulardan 120 ming nafari ovoz berish huquqiga ega. 

Bundan avval GFR hukumati rasmiy vakili Shteffen Zaybert ham Germaniya o‘z hududida bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga tayyor ekani haqida ma'lum qilgandi. 

Mavzuga oid
Top