19:48 / 05.05.2017
16365

Bahodir Jalolov finalga chiqishi uchun 2 daqiqa yetarli bo‘ldi

Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining 91kg.dan yuqori bo‘lgan bokschilari orasidagi jang bo‘lib o‘tdi. 

Unda O‘zbekiston vakili Bahodir Jalolov suriyalik bokschi qarshi ringga chiqdi va raqibiga hech qanday imkon qoldirmay, 1-raundning o‘zidayoq g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Unga endi finalda qozog‘istonlik Qamishbek Konkabayev raqiblik qiladi. Qozog‘istonlik bokschi yarim finalda Iordaniya vakili referi tomonidan diskvalifikatsiya qilinishi ortidan finalga yo‘l oldi.

Top