08:07 / 05.05.2017
6557

Yevropa ligasi: "Manchester Yunayted" "Selta" ustidan minimal hisobda zafar quchdi

"Manchester Yunayted" Yevropa ligasi yarimfinalining 1-uchrashuvida "Selta" ustidan mehmonda minimal hisobda g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona to‘p 67-daqiqada Markus Rashford tomonidan kiritildi. Rashford jarima zarbasini bexato bajardi va to‘p darvoza to‘ridan joy oldi. 

Uchrashuvni rossiyalik hakam Sergey Karasyov boshqardi va u o‘yin davomida uchta sariq kartochka ko‘rsatishga majbur bo‘ldi.

Javob uchrashuvi 11 may kuni "Old Trafford"da bo‘lib o‘tadi.

Yevropa ligasi. Yarimfinal, 1-uchrashuv

Selta (Ispaniya) - Manchester Yunayted (Angliya) - 0 : 1

Gol: 0:1, Rashford (67).

Top