10:11 / 05.05.2017
9490

Hindistonda yirik YTH yuz berdi, qurbonlar ko‘p

Foto: Financialexpress.com

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida yo‘lovchilarni olib ketayotgan yuk mashinasi kanalga tushib ketdi, kamida 14 kishi halok bo‘ldi, 28 nafar inson jabrlandi. Bu haqda Hindustan Times gazetasi xabar bermoqda.

Hodisa Etax okrugida juma kuni tongi soat 04.00larda ro‘y bergan. Yuk mashinasida bo‘lgan insonlar to‘ydan qaytib kelishayotgan bo‘lgan.

Yuk mashinasi yo‘ldagi to‘siqqa borib urildi va kanalga tushib ketdi. Hodisaning aniq sababi noma'lum, biroq dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, haydovchi uxlab qolgan bo‘lishi mumkin.

Top