23:19 / 05.05.2017
6568

Malayziya samolyotining turbulentlikka tushishi oqibatida 5 kishi jarohat oldi

Foto: channelnewsasia.com

Malayziya yo‘lovchi samolyotining kuchli turbulentlik zonasiga tushishi oqibatida 5 yo‘lovchi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Channel NewsAsia.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu voqeaga Malayziyaning AirAsia X aviakompaniyasining Airbus 330-300 samolyoti uchragan. Samolyot Taybeydan Kuala-Lumpurga yo‘nalayotgan bo‘lgan. Samolyotda 302 yo‘lovchi bo‘lgan.

Aviakompaniya vakillarining aytishicha, shifokorlar jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatganlar. Aviakompaniya yo‘lovchilarga qanday jarohatlar yetgani haqida ma'lumot bermagan.

1 mayga o‘tar kechasi "Aeroflot" aviakompaniyasining Moskva-Bangkok reysini amalga oshirayotgan Boeing 777 samolyoti qo‘nishga 40 daqiqa qolganda kuchli turbulentlik zonasiga tushgan. Buning oqibatida bir necha yo‘lovchi lat yeyish, suyak sinishi va chiqib ketishi jarohatlari olganlar. 

Mavzuga oid
Top