21:53 / 05.05.2017
16624

Nokia 3310'ning originali qolib, kloni sotilmoqda

Foto: phonearena.com

Sir emaski, Xitoyda dunyodagi hamma narsaning nusxasini sotib olish mumkin. Nokia 3310 (2017) qurilmasi sotuvga tayyorlanayotgan bir vaqtda malayziyalik ustalar telefonni  klonlashga kirishgan. PhoneArena shu haqida xabar berdi

Tarmoqda paydo bo‘lgan suratlarga qaraganda, Malayziyada bir necha chakana savdo qiluvchilar soxta Nokia 3310 telefonini sotishmoqda. 

Manbalarga ko‘ra, bu qurilmalarning birinchi seriyasi Nokia logosiga ega bo‘lmagan, shunchaki original Nokia 3310'ga juda o‘xshash bo‘lgan. Nokia'ning mamlakatdagi rasmiy distrbyutori Avaxx sotuvchilarga qarshi ish ochishni aytib tahdid qilishiga qaramay, vaziyat yanada yomonlashdi. 

Foto: phonearena.com

Endi esa hammasi bundan-da "rasmiylashdi". Nokia 3310 klonlarining ikkinchi to‘lqini yanada takomillashtirildi va hatto ekran ustida fin kompaniyasining logosi ham paydo bo‘ldi. Telefonlarning ekrani originaldan ancha kichik bo‘lib, ular Nokia Series 30 UI boshqaruvida ishlamasa-da, Nokia 3310'ga juda o‘xshab ketadi.

Top