20:14 / 05.05.2017
31578

Osiyo chempionati. Finalda O‘zbekistondan 9 vakil

Foto: twitter.com/ @AIBA_Boxing

Boks bo‘yicha O‘zbekiston termasi Osiyo qit'a chempionati finaliga birgina yo‘qotish bilan yetib keldi.

30 apreldan 7 mayga qadar Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionati finalida 9 nafar o‘zbekistonlik bokschi ishtirok etadi.

Kunning birinchi yarmida 5 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqdi va ularning barchasi hal qiluvchi final jangiga yo‘llanma oldi.

-56 kg vazn toifasida Murod Ahmadaliyev janubiy koreyalik sportchi Yonxun Xanni ikkinchi raundda nokaut bilan taslim qildi. Shuningdek, Bektemir Meliqo‘ziyev (-81 kg) ham xitoylik raqibini muddatidan avval ringni tark etishga majburladi. 

Shuningdek, Shahram G‘iyosov (-69 kg), Jasur Latipov (-52 kg), Elnur Abduraimov (-60 kg), Isroil Madrimov (-75 kg), Hasanboy Do‘smatov (-49 kg) va Iqbol Xoldorov (-64 kg) ham o‘z raqiblaridan osonlik bilan o‘tishdi. Kechaning so‘nggi janglaridan birida esa O‘zbekistonning +91 kg vazn toifasidagi vakili Bahodir Jalolov ringga chiqib, suriyaliklar vakili Muhammad Mulayesni birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan yengdi.

Final janglari 7 mayga belgilangan. Finalga eng ko‘p vakili bilan chiqqan ikkinchi terma jamoa Qozog‘iston bo‘ldi - 5 nafar bokschi. Shuningdek finalga Janubiy Koreyadan ikki (-75 kg va 52 kg), Mo‘g‘ulistondan ikki (-64 kg va -49 kg), Hindistondan bir (-60 kg), Xitoydan bir (-56 kg) nafardan sportchi chiqqan.

Bugungi yarim final janglarini saytning YouTube portalidagi kanali orqali kuzatish mumkin.

Mavzuga oid
Top