19:04 / 05.05.2017
6481

Ronaldu –  Chempionlar ligasi haftasining eng yaxshi futbolchisi

UYeFA matbuot xizmati «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduni Chempionlar ligasi yarim finali birinchi uchrashuvlardagi eng yaxshi futbolchi sifatida e'lon qildi.

Qayd etilishicha, portugaliyalik futbolchi ovoz berish jarayonida «Yuventus» hujumchisi Gonsalo Higuainni ortda qoldirgan. Argentinalik futbolchi «Monako» darvozasiga 2ta gol urgandi.

Ronaldu esa «Atletiko» darvozasiga 3 gol yo‘llab, jamoasining finalga chiqish imkoniyatini keskin oshirgandi.

Mavzuga oid
Top