16:35 / 05.05.2017
4917

Talabalar hamda o‘qituvchilar Makron va Le Penga qarshi namoyishga chiqishdi

Foto: AP

Parijda o‘nga yaqin litsey faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi. Bunga talabalar va o‘qituvchilarning Fransiya prezidenti saylovlarining ikkinchi turida hech bir nomzodga ovoz bermaslikka chorlovchi namoyishlari sababdir. 

Litseylardagi aksiyalar davlat rahbari kim bo‘lishini aniqlab beruvchi saylovlarning navbatdagi bosqichiga ikki kun qolganda bo‘lib o‘tmoqda. Saylovning keyingi bosqichida qatnashuvchi nomzodlar  - "Olg‘a" harakati yetakchisi, mamlakatning sobiq iqtisodiyot vaziri Emmanuel Makron va "Milliy front" partiyasidan Marin Le Pen. 

Agentlikda xabar berilishicha, o‘qituvchi va talabalar "Na "Milliy front" va na Makron" shiori ostida namoyish o‘tkazishmoqda va "liberalizm hamda fashizm"ga qarshilik qilishga chorlashmoqda. 

Mavzuga oid
Top