15:08 / 05.05.2017
8132

Tojikiston «O‘lmas polk» aksiyasini islom an'analariga to‘g‘ri kelmagani uchun taqiqladi

Foto: RIA "Novosti"

Tojikistonning "Xovar" milliy axborot agentligi "O‘lmas polk" aksiyalari respublikada G‘alaba kunini nishonlash tadbirlar rejasida yo‘q ekani haqidagi xabarni tarqatdi

Manbaga ko‘ra, Tojikiston va Afg‘oniston chegara hududlaridagi urush G‘alaba parkidagi namoyishlardan boshqa qo‘shimcha aksiyalarni o‘tkazish imkonini bermaydi. Bundan tashqari, islom an'analari marhumlar portretlari bilan ko‘chaga chiqishni taqiqlaydi. 

"So‘nggi kunlarda respublika va xorij OAVda "O‘lmas polk" aksiyasi o‘tkazilmasligi borasida turli nuqtai nazarlar chop etilmoqda. OAVga shuni ma'lum qilamizki, Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon bir oy oldin mas'ul shaxslarga mazkur tadbirni G‘alaba parkida yuqori siyosiy darajada o‘tkazishni topshirgan. Mamlakat prezidenti harbiy parad o‘tkazish ssenariysi va chora-tadbirlar rejasini tasdiqlagan, tegishli idoralar tomonidan tashkiliy ishlar va madaniy tadbirlar boshlab yuborilgan. Biroq "O‘lmas polk" aksiyasi bo‘yicha hech qanday qaror qabul qilinmagan, zero bu aksiya muayyan nodavlat tashkilotlar tashabbusi hisoblanadi", - deyiladi bayonotda.

"Ba'zi "do‘stlarimiz"dan aksiya bilan bog‘liq vaziyatni to‘g‘ri talqin qilish, shundan keyigina uning targ‘iboti borasida qaror qabul qilishni so‘rab qolardik. Har qanday mamlakatda siyosiy va madaniy tadbirlar uning amaldagi qonunchiligi doirasida o‘tkaziladi", - deyiladi matnda.

Mavzuga oid
Top