15:38 / 05.05.2017
7506

O‘zbekistonga pornografik mazmundagi videolavhalar olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi

Foto: Kun.uz

Kosonlik G‘aybulla Beknazarov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) “Moskva-Qarshi” yo‘nalishidagi parvozini yakunlar ekan, “Qarshi” xalqaro aeroportida bojxonachilar tomonidan unga tegishli yuklar o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. 

Kun.uz’ga Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu jarayonda unga tegishi 2 dona qo‘l telefonlari xotirasida 141 dona pornografik mazmundagi audio va video materiallar, 100 dan ziyod fotosuratlar borligi aniqlandi. Eng achinarlisi aniqlangan behayo materiallar ichida voyaga yetmagan bolakaylar tasvirlangan videolavhalar ham bor edi.

Shuningdek, ayni shu reys bilan yurtimizga kirib kelgan uning tumandoshi Ozod To‘ychiyevning ham yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, uning qo‘l telefon xotirasidan mamlakatga olib kirilishi taqiqlangan hamda yuqoridagi singari voyaga yetmagan shaxslar tasvirlangan 79 dona pornografik mazmundagi videolavhalar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur qonunbuzarlik holatlari yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 130-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Raqamlarga ko‘ra, Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning birinchi choragida 28 ta holatda 1,7 mingdan ortiq pornografik mazmundagi materiallarning bojxona chegaralari orqali mamlakatga olib kirilishining oldi olindi. Huquqbuzarliklarni sodir etgan fuqarolarga nisbatan 26 ta ma'muriy hamda 2 ta jinoyat ishlari yuritildi. 

Top