21:22 / 06.05.2017
5022

Yaponiyalik mopedning orqa g‘ildiragida yurish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Foto: motor.ru

Yaponiyalik mototsiklchi, o‘zini Wheelie King (mototsiklning orqa g‘ildiragida yurish qiroli) deb atovchi Masaru Abe mopedning faqatgina orqa g‘ildiragida yurib, 500 km dan ko‘proq yo‘l bosib o‘tdi. U 25 yil avval o‘rnatilgan 330 km lik rekord natijani ortda qoldira oldi. Abe ushbu tryukini 600 km gacha yetkazmoqchi bo‘lgan, biroq 13 soat shu alfozda yurish oqibatida vujudga kelgan kuchli og‘riqqa chiday olmagan.

Ushbu rekord zayezd Yaponiyadagi Kawaguchi Auto Race avtodromida o‘tdi. 33 yoshli mototsiklchi dvigateli 125 kub santimetrga teng mopeddan foydalandi. Mopedga butun yo‘l davomida yonilg‘i yetishi uchun unga yonilg‘i bilan to‘ldirish maxsus tizimi – rulda mahkamlanadigan, almashtirsa bo‘ladigan yonilg‘i konteyneri o‘rnatildi. Yonilg‘ili konteyner mototsiklchiga unga hamrohlik qilgan qo‘llab-quvvatlash mopedidan uzatib turilgan. 

Abe yurishni boshlagandan 2 soat o‘tib beli og‘riy boshlagan, biroq u yo‘lda davom etgan holda og‘riqni qoldiruvchi dori ichib, harakatni davom ettiravergan. Unga avvalgi rekordni yangilash uchun 8,5 soat kifoya qildi. Biroq Abe 13 soatlik beto‘xtov yurishdan keyin oxiri taslim bo‘ldi.

"Bu men his qilgan eng kuchli og‘riq bo‘ldi. Ikki qo‘lim uvishib, hech narsani sezmay qoldi. Ko‘zlarim oldida barchasi chaplashib ketgandi. Men qisman hushimda edim. Men butkul suvsizlashib ketdim. Avval hech qachon o‘zimni bunday yomon his qilmagandim", deb izoh berdi mototsiklchining o‘zi. 

Mavzuga oid
Top