14:18 / 06.05.2017
7937

Xitoy eng qudratli raketa tashuvchisini ishga tushirishga tayyorlanmoqda

Foto: riafan.ru

Xitoyning Xaynan janubiy provinsiyasidagi Venchan kosmodromida eng qudratli «Chanchjen-5B» («Buyuk yondashuv-5») raketasini ishga tushirish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari ketmoqda. Bu haqida "Sinxua" agentligi xabar berdi. 

«Chanchjen-5B» va «Shitszyan-18» starti iyun oyiga mo‘ljallangan. 

Raketa Yer orbitasiga «Shitszyan-18» yangi telekommunikatsion sun'iy yo‘ldoshini olib chiqadi. «Shitszyan» seriyasidagi ilk olti telekommunikatsion sun'iy yo‘ldosh joriy yilning aprel oyida uchirilgan. 

Ta'kidlash joizki, «Chanchjen-5» — Xitoyning eng qudratli  yangi avlod raketa tashuvchisi. U Yer orbitasiga 25 tonna yukni olib chiqishga qodir. 

Sun'iy yo‘ldoshlar tarmog‘i mamlakat transportida tezkor simsiz internetni ta'minlaydi. 

Mavzuga oid
Top