14:47 / 06.05.2017
10689

Qoraqalpog‘iston iqtisodiyot vaziri hokim etib tayinlandi

Foto: Kruz.uz

Daniyarov Saylavbay Saparbay o‘g‘li Mo‘ynoq tumaniga hokim etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Kruz.uz.

S.Daniyarov bundan oldin Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot vaziri lavozimida faoliyat yuritayotgan edi. 

Shu paytgacha, Mo‘ynoq tumanida Uteniyazov Qudaybergen Uzakovich hokim bo‘lib ishlab kelayotgan edi. 

Avvalroq Qoraqalpog‘istonning ikki tumani hokimi o‘z lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergandik. 

Top