11:53 / 06.05.2017
4551

OAV: Britaniya hukumati messenjerlarni buzish imkoni berilishini talab qilmoqchi

Foto: imago stock&people

Buyuk Britaniya hukumati messenjerlarning operator-kompaniyalariga xabarlarni almashish uchun ilovalarda «qora tuynuk»lar qoldirish majburiyatini yuklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Mirror gazetasi o‘z ixtiyoriga kelib tushgan hujjat loyihasiga asoslangan holda yozmoqda. 

Bu choralar hukumatga WhatsApp, iMessage va Telegram kabi ommabop messenjerlar foydalanuvchilarining yozishmalarini kuzatish imkonini beradi. 

Tayyorlangan loyiha 2016 yilda qabul qilingan Tergov vakolatlari to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri hisoblanadi. Ushbu qonun hukumatga kuzatuv borasida keng imkoniyatlar taqdim etgan edi. 

Qonun qabul qilingudek bo‘lsa, kompaniyalar bir kun ichida foydalanuvchilar yozishmalarining talab qilingan qismini taqdim etishga majbur bo‘lishadi. Ular tushunarli shaklda, elektron himoyasiz berilishi kerak. 

Bundan tashqari, kompaniyalardan hukumat talablaridan kelib chiqqan holda o‘z mahsulotlarini takomillashtirish talab qilinishi mumkin. 

Top