13:36 / 06.05.2017
43485

Toshkentda so‘nggi uch kunda beshinchi zilzila

“Toshkent” seysmostansiyasining bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2017 yilning 6 may kuni soat 12:15 da O‘zbekistonning ayrim hududlarida zilzila qayd etilgan

Zilzilaning epimarkazi Toshkent shahrining janubiy-sharqiy yo‘nalishida 318 km uzoqlikda Qirg‘iziston Respublikasi hududiga to‘g‘ri keldi. 

Epimarkazda qayd etilgan zilzila magnitudasi 5,0 ballni tashkil etdi. 

Respublika hududida seysmik faollik Toshkentda 2 ball, Farg‘onada 3 ball, Andijonda 3 ball, Namanganda 3 ballni tashkil etgan. 

Qayd etish kerakki, bu keyingi to‘rt kunda O‘zbekistonda kuzatilgan beshinchi zilzila bo‘ldi.

5 may kuni Toshkentda soat 10:12da kuzatilgan yer silkinishi kuchi taxminan 4 ball bo‘lgan bo‘lsa, 3 may kuni soat 09:47 da O‘zbekistonning ayrim hududlarida zilzila qayd etilgandi. Shuningdek, 4 mayga o‘tar kechasi soat 1:03 da va 4 may kuni soat 16:10 da 2 balli yerosti silkinishlari qayd etildi

Top