15:40 / 07.05.2017
8504

Golovkin va Alvares o‘rtasidagi jang sanasi ma'lum bo‘ldi

Foto: twitter.com/@TSM_Boxing

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA Super), Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) va Butunjahon bokschilar kengashi (WBC) versiyalarining o‘rta vazn toifasidagi jahon chempioni, qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin Butunjahon bokschilar tashkiloti (WBO) versiyasi bo‘yicha o‘rta vazn chempioni meksikalik Saul Alvaresga qarshi shu yilning sentabrida ringga chiqadi.

Bu haqda meksikalik bokschining o‘zi Xulio Sezar Chaves-kichkinaga qarshi g‘alabali jangdan keyin ma'lum qildi. Golovkin va Alvares jangi 16 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Alvares o‘z faoliyatida 51 jang o‘tkazib, 49 g‘alaba (34 nokaut) bir durang va bir mag‘lubiyat (Floyd Meyvezerdan) qayd etgan.

34 yoshli qozog‘istonlik bokschi hisobida jami 37ta g‘alaba bor (ulardan 33tasi nokaut bilan). U hamon yengilmas bokschi bo‘lib qolmoqda.

Mavzuga oid
Top