16:40 / 07.05.2017
12758

IShID jangarilari Iroq shimolida amerikaliklar bazasiga hujum qildi

Foto: Reuters

IShID jangarilari tomonidan Iroq shimolidagi amerikaliklar harbiy bazasiga (K10) hujum qilinishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi Iroq xavfsizlik kuchlaridagi manbasiga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Terrorchi xudkush hujumi oqibatida 6 kishi jarohatlangan.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, ikki xudkush o‘zini portlatgan. Yana 3 terrorchi kurdlarning peshmerga guruhi bazasi qilingan hujum vaqtida otib tashlangan.

Harbiylarning aytishicha, jangarilar o‘zlarini sezdirmaslik uchun peshmerglar kabi kiyingan va soqollarini olgandi. 

Mavzuga oid
Top