08:57 / 08.05.2017
28390

AQSh harbiy-havo kuchlari maxfiy samolyoti fazoda ikki yil bo‘lgach Yerga qaytdi

​ Foto: US Air Force  ​

Fazoda salkam 2 yil bo‘lgan X-37B Orbital Test Vehicle-4 orbital sinov samolyoti maxfiy vazifani uddalab bo‘lgach, Kanaveral kosmodromiga qo‘ndi, deb xabar qilmoqda Amerika HHKning rasmiy Twitter sahifasi. 

"AQSh HHKning X-37B OTV-4 samolyoti orbitadan Kennedi Fazoviy markaziga muvaffaqiyatli qo‘ndi. X-37 fazoda 700 kundan ortiq bo‘ldi", — deyiladi xabarda. 

Foto: US Air Force 
Foto: Josh Nachtigal

Avvalroq, Pentagon ma'muriyati X-37B OTV-4 negizida ionli dvigatel ishlab chiqarish va materiallarning fazo kengliklarida o‘zgarishi borasida tadqiqotlar o‘tkazish rejalashtirilgani haqida ma'lum qilgan edi. 

Foto: US Air Force 
Foto: US Air Force 

Shu bilan birga, Amerikaning mini shattli vazifalari to‘liq bayon qilinmagan. Ekspertlarga ko‘ra, qurilma fazoviy tutuvchi samolyot yoki ayg‘oqchi-samolyot namunasi bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda. Yerga qaytgan OTV-4 X-37 loyihasi asosida ishlab chiqilgan 4-orbital laboratoriya bo‘ldi.

 

Top